Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada A gepatitiga chalinganlar soni 674 nafarga yetdi
Yevropaning 13 mamlakatida A gepatiti avj oldi, kasallikning 674 ta holati qayd etilgan - bu bir oy avvalgiga nisbatan ikki karra ko‘p. "Rospotrebnadzor" saytida shu haqida ma'lmuot berildi.
"Yevropa mintaqasi mamlakatlarida A gepatiti bilan kasallanganlik ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. 2016 yilning iyunidan 2017 yilning 28 apreliga qadar A gepatitiga chalingan 674 kishi qayd qilingan, shulardan 631 holat - erkaklar orasida", - deyiladi xabarda.
Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya va Shvetsiyada kasallik holatlari qayd etilgan.
"Rospotrebnadzor" Yevropa davlatlariga sayohat qilishni rejalashtirayotgan rossiyaliklarni ushbu ma'lumotni inobatga olishga chaqirdi.
A gepatiti - iflos suv, qo‘llar va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuquvchi jigarning virusli kasalligi. Uning inkubatsiya davri - 7 kundan 50 kungacha, ko‘pincha u 35 kundan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025