Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempion va kubok sohiblari aniqlanadigan kun. Bugungi eng muhim uch o‘yin haqida
Yevropada bugun juda muhim kunlardan biri Yevropaning yetakchi chempionatlarining ikkitasida ko‘p masalaga oydinlik kiritilishi lozim. Fransiyada 17 yillik tarixdan so‘ng yana taxtga qaytishi kutilmoqda. Ispaniyada esa «Real» eng so‘nggi nisbatan jiddiy raqib deb qaralayotgan «Selta» mehmoni bo‘ladi. Shuningdek Italiyada kubok g‘olibi aniqlanishi lozim. Tribuna.Uz kunning eng muhim uchta uchrashuviga batafsil to‘xtalib o‘tadi.
«Monako» - «Sent-Eten» (23:55, Match! Futbol 3)
Ko‘pchilik «Monako»ning chempion bo‘lishiga shubha bildirmayapti. Sababi vaziyat shu darajaga yetib keldiki, agar «Monako» bugungi va so‘nggi tur uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, parijliklar ularga yetib olishi uchun o‘ta yirik hisobda g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi. Ammo «Monako» bunday vaziyatga qolishni istamasligi tayin. Jamoa bugungi g‘alab evaziga butun tarixdagi 8-chempionlik unvonini rasmiylashtirib qo‘yishga intiladi.
Uchrashuvda qo‘lga kiritiladigan har qanday ochko «Monako»ga yangi asrdagi dastlabki chempionlikni taqdim etadi.
Ikki jamoa Fransiya chempionati doirasida 97 uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lib, ularning 32tasida «Monako», 39tasida «Sent-Eten» g‘alaba qozongan. 26 uchrashuvda durang qayd qilingan. Ammo «Sent-Eten»ning ko‘p g‘alabalari moziyga to‘g‘ri keladi.

Jamoalarning so‘nggi besh uchrashuvidan 4tasida durang qayd etilgan. Bitta bahsda «Monako» g‘alaba qozongan. «Monako» mezbonlik qilgan so‘nggi 10 uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozongan. 3 uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. 3 uchrashuvda durang qayd etilgan.
«Yuventus» - «Latsio» (17 may, 23:55, Match TV, Match! Futbol 2)
«Yuventus» o‘tgan haftada Italiya chempioni bo‘lishi mumkin edi. Biroq Rimning boshqa jamoasi bu ishni biroz muddatga bo‘lsada kechiktirdi. Uch frontda ham kurashni davom ettirayotgan Yevropaning YaGONA jamoasi bugun Italiya kubogi finalida maydonga tushadi. Bu yo‘ldagi raqib esa Rimning boshqa bir jamoasi, «Yuventus»ning kuboklardagi eng noqulay raqibi «Latsio» bo‘ladi.
«Yuventus» Italiya kubogidagi eng noqulay raqibi «Latsio» deyish mumkin. Jamoalarning kubok musobaqasidagi so‘nggi o‘nta uchrashuvning 5tasida «Latsio» g‘alaba qozongan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan. «Yuventus» so‘nggi ikki yildagina o‘ziga kelib oldi va kuboklardagi yetti uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyaga barham bera olgandi. Oxirgi ikki to‘qnashuvni hisobga olmasa, bungacha ikki jamoa uchrashgan ikki uchrashuvdan iborat 4ta bosqichning barchasida «Latsio» raqibidan ustun kelib keyingi bosqichga yo‘llanma olgan (yoki chempion bo‘lgan).
Qiziq fakt.
Ikki jamoa o‘rtasida so‘nggi final ikki yil oldin bo‘lib o‘tgandi va o‘shanda ham «Yuventus» YeChL finaliga yo‘llanma olgan va Italiya chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi. O‘shanda «Latsio»ni mag‘lubiyatga (2:1) uchratgan turinliklar trebl qilishni uddalay olishmagandi — YeChL finalida «Barselona»ga imkoniyat boy berilgan. Bu safar jamoada o‘z tarixida ilk marta treblni amalga oshirish ikkinchi marta imkoniyat berilmoqda.
«Latsio» finallarni yaxshi ko‘radigan jamoa hisoblanadi. Jamoa so‘nggi 19 yilda yettinchi bor Italiya kubogi finaliga yo‘llanma olmoqda. Ortda qolgan oltita finalning beshtasida jamoa g‘alaba qozongan. Jumladan 2004 yildagi finalda «Yuventus» ikki o‘yin natijasiga (2:0, 2:2) mag‘lubiyatga uchratilgan.

«Yuventus» esa so‘nggi ikki yilda kubok bosh sovrinini qo‘lga kiritguniga qadar 20 yil davomida biror marta bu sovringa ega chiqmagandi. Hozirda jamoa hisobida 11ta bosh sovrin mavjud.
Shuningdek turinliklar Italiya kubogi tarixida birinchi marta sovrinni ketma-ket uch yil davomida qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylanishi mumkin.
«Selta» - «Real» (17 may, 23:55, UzReport)
Ispaniya chempionatining qoldirilgan uchrashuvi sabab mana necha kundirki, «Barselona» chempionlikdan umidini uzmay kelmoqda. «Real» va «Barselona» hisobidagi ochkolar soni teng bo‘lib turibdi va bunday paytda to‘plar nisbatidagi ustunlik sabab «Barselona» yetakchilik qilmoqda. Ammo «Real»ning ustunligi bu jamoada aynan mana shu zaxira o‘yini borligida edi. Bugungi uchrashuvda «Real» g‘alaba qozonishni uddasidan chiqsa, so‘nggi 9 mavsumdagi ikkinchi chempionligiga juda yaqin qoladi.

Ko‘pchilik «Selta»ni «Real»ga noqulay raqib sifatida ko‘rayotgan bo‘lsada, aslida bunday deb bo‘lmaydi. Bizningcha kubokdagi natija shunday fikrga undagan bo‘lishi mumkin. Ammo Ispaniya chempionatida unday deb bo‘lmaydi. Masalan ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi 10ta uchrashuvning 9tasida «Real» g‘alaba qozongan. Vigoda kechgan o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak ham, xudi shunday total ustunlikni ko‘ramiz. So‘nggi 9ta o‘yinning 8tasida «Real» g‘alaba qozongan.
Qiziq fakt.
Jamoalar o‘rtasidagi yirik farqli hisob 7:1 natijasida bo‘lib, o‘tgan yilning martida «Real» aynan Ispaniya chempionatida «Selta»ni mag‘lubiyatga uchratgan. Bu ikki jamoa to‘qnashuvlari tarixidagi eng yirik hisob sanaladi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025