Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milliard dollarlik jang». Makgregor Meyvezer bilan jang qilish bo‘yicha shartnomani imzoladi
Aralash janglar san'ati (MMA) jangchisi irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
«Bunday rekord darajadagi kelishuvni imzolash men uchun sharaf. Bu tarixiy kelishuvning birinchi qismi bajarildi. Bu ishga aloqador barchani tabriklayman. Endi biz Ela Xeymon va uning bokschisi imzosini kutamiz. Yaqin kunlarda», — deya Makgregorning so‘zlarini keltirgan TheMacLife.com.
Kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan. OAV bu jangni «milliard dollar uchun jang», deb atamoqda.
Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar o‘tgan yilning noyabrida, UFC chempioni bokschilik litsenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.
Keyinroq Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma'lum qilgan edi, biroq har ikki sportchi taklifni jiddiy qabul qilmadi. Shundan so‘ng Dana Uayt mazkur bellashuv irlandiyalik jangchining UFC bilan shartnomasi yakuniga yetsagina bo‘lib o‘tishini aytdi.
Mart oyida Meyvezer Makgregor bilan jang qilish uchun sportga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019