Jamiyat | 13:58 / 18.05.2017
9388
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o‘rnatiladi

Foto: Toshshahartransxizmat

2017 yilning 17 may kuni "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi v.v.b. X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Toshshahartransxizmat" axborot xizmati.

Yig‘ilishda avtobus korxonasi rahbarlariga ishni tubdan yaxshilash va fidokorona mehnat qilib o‘zini ko‘rsatish uchun rahbarlarga berilgan 10 kunlik muddatdan 5 kuni o‘tib ketganini, o‘tgan vaqt davomida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagani tanqid qilindi.

"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida ijobiy o‘zgarishlar qilish va aholining roziligini olish uchun avtobus korxonalari rahbarlariga berilgan o‘n kunlik muddatdan 5 kuni qolganligini ta'kidlab, o‘tgan 5 kun davomida ishni yaxshi tomonga o‘zgartirmagan rahbarlar ogohlantirildi. 

"3-avtobus saroyi" MChJ direktorining tasarruf bo‘yicha o‘rinbosari o‘ziga berilgan toprishiqlarning bajarilishida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi, o‘z kasbiga sovuqqonlik bilan yondashganligi, avtobus haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlarini yetarlicha olib bormagani va mehnat intizomini susaytirib yuborgani uni egallab turgan lavozimidan ozod etish taklifi berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Germaniyadan keltirilgan 1,95 mln. yevrolik asl ehtiyot qismlar jamiyatning "Toshavtota'mirxizmat" UK tomonidan qabul qilib olingani va ushbu ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon to‘xtab turgan avtobuslarga qo‘yib, yo‘nalishlarda harakat muntazamligini ko‘tarish bo‘yicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishining oldini oladigan hamda ko‘rinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) o‘rnatish, kunning jazirama kunlarida yo‘lovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini o‘rnatish bo‘yicha avtokorxona rahbarlari mutasaddi xodimlarga vazifalar berdi.

Yig‘ilishda yana bir masala ko‘rib chiqildi va unga ko‘ra, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmasdan mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi uchun "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valiyevni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid