Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Yevropa kinosi festivali o‘tkaziladi
Joriy yilning 22-28 may kunlari Toshkentda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkil etayotgan Yevropa kinosining V festivali bo‘lib o‘tadi.
Yevropa kinosining V festivali doirasida o‘zbekistonlik tomoshabinlar 11 Yevropa davlati mahsuloti bo‘lgan 13 ta badiiy, hujjatli va multiplikatsiya filmlarini ko‘radilar. Kinofestivalda ko‘rsatilishi uchun Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Ispaniya, Latviya, Slovakiya, Sloveniya, Shveytsariya, Finlyandiya, Fransiya va Chexiya elchixonalari va madaniyat tashkilotlari o‘z filmlarini taqdim etdilar. Bir qator kartinalar nufuzli milliy va xalqaro mukofotlar sovrindorlari hisoblanadi.
«O‘zbekkino» MA bosh direktori Otabek Musayev va YeI delegatsiyasining rahbari elchi Eduards Stiprays barcha kino muxlislarini festival doirasidagi tekin seanslarga Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyiga (sobiq "Panorama" kinoteatri) taklif etadilar.

Barcha filmlar asar asl tilida, rus tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi. Kinofestival "Qirol so‘zlaydi " (The King's speech) nomli haqiqiy voqealarga asoslangan mashhur Britaniya filmi bilan ochiladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025