Fan-texnika | 18:42 / 19.05.2017
8393
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota Yaponiya uchun yangi Camry mashinasini namoyish qildi

Foto: autoblog.com

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan yangi avlod Camry avtomobilini namoyish etdi. Aytish joizki, yangi mashinaning Amerika va Osiyo bozori uchun namunalari tashqi dizayni borasida bir-biridan keskin farqlansa, Yaponiya uchun ishlab chiqarilgani AQSh bozoriga taqdim etilganiga juda o‘xshaydi. 

Sedan tashqi ko‘rinishdan obveslaridagi ayrim bo‘rtma chiziqlari bilan farqlanadi, xolos. Shu bilan birga, Yaponiya bozorida bamperlar yagona namunada taqdim etiladi. Radiatr qafasi keng bo‘ladi. Bu shu bilan izohlanmoqdaki, Yaponiyada avvalgi modelda bo‘lgani kabi faqat gibridli Camry taqdim etiladi. 

Mashina salonida, albatta, boshqacha multimedia tizimi va iqlim nazoratini ko‘rish mumkin. 

Amerika bozoriga mo‘ljallangan Toyota Camry 2017 yil boshida taqdim etilgandi. U yangi TNGA platformasiga va uch xil: 3.5 (6 silindrli, V shaklli), 2.5 (4 silindrli, qatorli) hamda 2,5 litrli agregat asosli gibrid motorga ega. 

Tyuning qilingan Camry. Modellista atelesi mahsulotini Toyota dilerlariga buyurtma berish mumkin

An'anaviy dvigatellar yangi 8 bosqichli AUQ bilan harakatlanadi. Gibridli namunasi variator bilan jihozlanadi. 

Yaa bir tyuning qilingan Camry. TRD atelesi mahsulotini ham dilerlarga buyurtma qilish mumkin

Foto: autoblog.com

Mavzuga oid