Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod bozori yonidagi yer osti o‘tish yo‘lagida qotillik yuz berdi
Joriy yilning 5 may kuni soat ertalabki taxminan 05.45 da Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Yunusobod bozori yonidagi yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagida inson jasadi aniqlandi. Keyinchalik marhumning shaxsiga oydinlik kiritildi - Davronbek O‘rozov. Uning yonidan jiddiy tan jarohatlari va kuchli mastlik holatida bo‘lgan yana bir erkak topilgan - Ivan Romanov.
Ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning “Qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
IIBBdagi brifingda poytaxt prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimovning xabar berishicha, bu ish Toshkent shahri prokuraturasiga topshirilgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, qotillik ro‘y bergan kuni erkaklar yer osti o‘tish yo‘lagida spirtli ichimliklar iste'mol qilgan, shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan, natijada mushtlashuv yuz bergan. Oxir-oqibat O‘rozovning boshiga shisha butilka bilan zarba berilgan hamda u voqea joyida vafot etgan.
Shahar prokuraturasi vakilining ma'lumotiga ko‘ra, 14 may kuni Ivan Romanov hibsga olingan. Ayni damda ushbu ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025