Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanida ISUZU yuk avtomashinasidan 15 mln so‘m o‘g‘irlandi
2017 yil 17 may kuni, taxminan soat 18:00 larda, noma'lum shaxslar Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida, o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida, fuqaro B.K.Omonqulovga tegishli bo‘lgan ISUZU markali yuk avtomashinasi salonidan 15 mln so‘m miqdorida naqd pul o‘g‘irlashgan.
Taqdim etilgan faktlar bo‘yicha Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasidagi tergov bo‘limida jinoyat belgilariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JKsining 169 modda 2 qism «b» bandi (o‘g‘rilik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilishi natijasida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan 2017 yil 18 may kuni ushbu jinoyatni sodir etgan kimsalar "Raxmatov" va "Ro‘ziyev" (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ismli shaxslar ekanligi aniqlanib, ular qo‘lga olingan. Ayni vaqtda ushbu shaxslar boshqa jinoyatlarni sodir etganlikka tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi
11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
10:28 / 21.04.2025