Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payme’da Telegram-botlar orqali to‘lovni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi
Telegram messenjeri yangi 4.0 versiyadan boshlab ilova ichida mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini yaratgani haqida ma'lum qilgan edik. Tez orada o‘zbekistonlik foydalanuvchilar ham bu funksiyadan Payme to‘lov tizimi orqali foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
"Bot Payments sistemasi O‘zbekistonda tez orada ishga tushiriladi. Hozirgi vaqtda Telegram mutaxassislari bilan hamkorlikda texnik ishlarni yakunlash jarayoni ketmoqda. Bot asoschilari Payme'dan yuridik shaxs Paycom sistemasiga sifatida ulanib, kabinetda ro‘yxatdan o‘tishlari va botni ishga tushirishlari kerak bo‘ladi. Bu usul Telegram'ning ichida to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchining karta ma'lumotlari xavfsizligi standartiga to‘liq rioya qilinadi", – deya Payme bosh direktori Daniya Usmanovaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Kommersant.uz.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025