Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chempionat yakunlandi. Yevrokuboklar ishtirokchilari va ligani tark etgan jamoalar nomi ma'lum
Rossiya chempionatida 2016-17 yilgi mavsum yakunlandi, bugun 30-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etadigan ikkinchi jamoa nomi (chempion «Spartak» bilan birga) hamda ligani tark etadigan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.
Avvalgi turlarda chempionlikni naqd qilgan «Spartak» Tulada «Arsenal» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarga Federiko Rasich (dubl) va Ilya Maksimov mualliflik qildi.
Natijada «Spartak» mavsumni 69 ochko bilan yakunlaydigan bo‘ldi, «Arsenal» esa 28 ochko bilan 14-o‘rinni egalladi. Endi bu jamoa keyingi mavsumda ham RFPLda ishtirok etish uchun FNLda to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Yenisey» bilan o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.
«TsSKA» esa oxirgi turda YeChL yo‘llanmasini hal qildi. Moskvaliklar jamoasi Mahachqalaning «Anji» klubini qabul qilib, 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, «armiyachilar» jamoasi ochkolari sonini 62taga yetkazib, turnir mavsumning kumush medallariga ega chiqadigan bo‘ldi. Jamoa keyingi mavsumda «Spartak» bilan birga YeChLda qatnashadi. «Anji» 30 ochko bilan 12-o‘rinni egalladi.
«Zenit» esa YeChLsiz qoladigan bo‘ldi. Piterliklar jamoasi oxirgi turda «Lokomotiv»ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi g‘alabani qayd etdi, ammo bu «TsSKA»dan o‘zib ketish imkonini bermadi - 61 ochko va uchinchi o‘rin. Bu jamoa endi keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadi. «Lokomotiv» 42 ochko bilan sakkizinchi bo‘ldi.
Piterliklar bilan birga Yevropa Ligasida Rossiya sharafini Rossiya Kubogi sohibi «Lokomotiv», chempionatda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan «Krasnodar» hamda «Terek» himoya qiladi.
«Krasnodar» 30-turda «Tom»ni qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 49taga yetkazdi. Grozniyning «Terek» klubi Samarada «Krilya Sovetov»ni 3:1 hisobida yengdi va 48 ochko bilan beshinchi bo‘ldi. «Krilya Sovetov» 28 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi, endi bu jamoa avvalroq ligada qolish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lgan «Tom» bilan birga ligani tark etadi.
Beshinchi o‘rin uchun da'vogarlik qilgan «Rostov» «Orenburg»ga 0:2 hisobida yutqazdi. «Terek» va «Rostov»da bir xil ochkolar - 48tadan, lekin qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra grozniyliklar jamoasi beshinchi o‘rinda. «Orenburg» 30 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinni egalladi, bu jamoa ham ligada qolish uchun FNLda uchinchi o‘rni egallagan «SKA-Xabarovsk» jamoasi bilan o‘tish o‘yinlari o‘tkazadi.
FNLda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan «Dinamo» va «Tosno» keyingi mavsumda RFPLda ishtirok etadi.

Rossiya chempionati, 30-tur
Arsenal Tula – Spartak 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Rasich, 2:0 – 24 Maksimov, 3:0 – 63 Rasich.
Arsenal Tula – Gabulov, Kombarov, Belyayev, Grigalava, Sunzu (Denisov, 46), Maksimov (Gorbatenko, 48), Berxamov (Shevchenko, 75), Bourchanu, Aleksandrov, Dumbiya, Rasich.
Spartak – Pesyakov, Bokketti, Maurisio, Jikiya, Tigiyev (Zobnin, 57), Glushakov, Samedov (Kombarov, 56), Popov (Ananidze, 64), Fernando, Promes, Luis Adriano.
Chetlatish: Jikiya (12).
TsSKA – Anji 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Ignashevich, 2:0 – 24 Vitino, 3:0 – 38 Vitino, 4:0 – 49 Chalov.
TsSKA – Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy (Toshich, 60), Ignashevich, SHCHennikov, Fernandes, Natxo, Vernblum, Golovin, Vitino (Gordyushenko, 84), Chalov (Jamaletdinov, 72).
Anji – Yurchenko, Parshivlyuk, Tetrashvili, Jirov, Fibel (Bryzgalov, 46), Musalov, Yakovlev, Batov (Georgiyevskiy, 75), Xadartsev, Guliyev (Ezzatollaxi, 46), Dolgov.
Ogohlantirishlar: Guliyev (31), Vernblum (33).
Lokomotiv – Zenit 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 33 Kokorin, 0:2 – 83 Danni.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Kverkveliya, Mixalik, Peychinovich, Denisov, Tarasov (Barinov, 56), Fernandesh, Miranchuk, Maykon (Kasayev, 74), Ari.
Zenit – Lodigin, Smolnikov, Netu, Krishito, Jirkov, Maurisio (Ernani, 88), Tsallagov, Kokorin (Mollo, 88), Juliano, Danni, Dzyuba (Kerjakov, 87).
Ogohlantirishlar: Gilerme (35), Fernandesh (35), Dzyuba (38), Denisov (38), Krishito (39), Peychinovich (79).
Tom – Krasnodar 1:5 (0:3, 1:2)
Gollar: 0:1 – 17 Klasson, 0:2 – 26 Smolov, 0:3 – 33 Pereyra, 1:3 – 49, penalti Sobolev, 1:4 – 71 Naldo, 1:5 – 79 Smolov.
Tom – Melixov, Pulich, Bukachev, Miterev, Karymov, Salaxutdinov, Bolshunov, Gvineyskiy, Naumenko (Zorin, 86), Sasin, Sobolev.
Krasnodar – Sinitsyn, Kaleshin (Joaozino, 46), Shishkin, Grankvist, Naldo, Ramires, Gazinskiy (Jigulev, 73), Pereyra (Podberezkin, 80), Klasson, Smolov, Vanderson.
Ogohlantirishlar: Gvineyskiy (32), Salaxutdinov (42), Sasin (51), Naumenko (69).
Krylya Sovetov – Terek 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 37 Mbeng, 0:2 – 56 Moxammadi, 0:3 – 76 Balay, 1:3 – 90, penalti Bryuno.
Krylya Sovetov – Konyuxov, Yatchenko, Nadson (Miyaylovich, 51), Rodich, Bojin, Bato, Bashkirov (Zinkov, 58), Tkachev, Kornilenko, Paskuato, Bryuno.
Terek – Gudiyev, Rodolfo, Pliyev, Semenov, Anxel, Domber, Moxammadi, Torjye (Berisha, 86), Kuzyayev, Mitrishev (Mirzov, 79), Mbeng (Balay, 73).
Ogohlantirishlar: Domber (31), Bryuno (64), Pliyev (64), Tkachev (69).
Orenburg – Rostov 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 52 Vorobev, 2:0 – 75 Breyev.
Orenburg – Rudenko, Andreyev, Oyyevole, Vorobev (Dyurish, 85), Georgiyev, Koronov (Breyev, 68), Dragun, Afonin, Parnyakov, Malyx, Lobjanidze (Sanaya, 75).
Rostov – Medvedev, Kudryashov, Navas (Simich, 15), Kalachev (Prepelitse, 53), Gatskan, Noboa, Poloz, Yeroxin, Bayramyan (Terentev, 29), Mevlya, Azmun.
Ogohlantirishlar: Yeroxin (9), Lobjanidze (21), Koronov (22), Kalachev (49), Terentev (53), Georgiyev (72), Parnyakov (77), Breyev (78), Vorobev (79), Azmun (86), Gatskan (88).
Chetlatish: Dyurish (90), Noboa (90).
Amkar – Rubin 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 24 Jonatas, 0:2 – 35 Kanunnikov, 1:2 – 69 Yovichich.
Amkar – Xomich, Zaytsev, Milkovich, Idovu, Zanev, Gigolayev, Gol, Komolov (Balanovich, 62), Yovichich, Salugin (Prokofev, 62), Bodul (Gasilin, 46).
Rubin – Nesterenko, Kambolov, Sanches, Sambrano, Bauer (Ustinov, 73), Nabiullin, Song, Mvila, Axmetov (Rochina, 73), Kanunnikov (Jyemaletdinov, 88), Jonatas.
Ogohlantirishlar: Gigolayev (59), Song (66), Jonatas (68), Sanches (71), Prokofev (90).
Chetlatish: Song (84).
Ufa – Ural 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 38 Fatai.
Ufa – Belenov, Jivoglyadov, Tumasyan, Alikin, Suxov, Zaseyev (Zubarev, 72), Paurevich (Karp, 79), Stotskiy, Yokich, Fatai (Safronidi, 85), Igboun.
Ural – Arapov, Kulakov, Dinga, Balajits, Merkulov, Fidler (SHCHerbakov, 89), Yemelyanov (Pavlenko, 83), Dimitrov (Manucharyan, 59), Bikfalvi, Lungu, Ilin.
Mavzuga oid
02:24 / 07.10.2024
RPL. Fayzullayev gol urgan derbida TsSKA g‘alabani ilib ketdi
18:58 / 13.05.2024
«Messi bilan birga o‘ynashni istardim» – Abbosbek Fayzullayev orzusi haqida
22:03 / 02.05.2024
Abbosbek Fayzullayev Rossiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin
21:10 / 14.10.2023