O‘zbekiston | 15:07 / 22.05.2017
27267
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz Qashqadaryoga boradi. Safar arafasida viloyat aholisidan murojaatlar qabul qilinadi

Kun.uz tahririyati viloyatlar bo‘ylab safarlarni davom ettiradi, yaqin kunlarda Qashqadaryo viloyatiga safar rejalashtirilgan. Safar davomida viloyat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni maqsad qilingan. Viloyat aholisi rahbariyatga savol, taklif yoki shikoyatlarini sayt orqali yo‘llashi mumkin bo‘ladi.

Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda aholini ko‘proq qiziqtirgan savollarga javob olish va dolzarb muammolarga e'tibor qaratish ko‘zda tutilgan. Tilga olinmagan savol, taklif va shikoyatlar viloyat hokimining qo‘liga topshiriladi.

Savol, taklif va shikoyatlarni qabul qilish vaqti chegaralangan.

Murojatlarni ushbu havola orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid