Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLning eng yaxshi murabbiyi e'lon qilindi
«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya chempionati joriy mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi, deya xabar bermoqda APL matbuot xizmati.
London jamoasi mavsum yakuniga ko‘ra, APLda o‘z tarixida beshinchi va Angliya chempionatida – oltinchi marta g‘olib bo‘ldi. «Chelsi» ikkinchi o‘rinni egallagan «Tottenhem Hotspur»ni yetti ochkoga ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, «Chelsi» bir mavsumda qo‘lga kiritilgan g‘alabalar soni bo‘yicha APL rekordini o‘rnatdi – 30 ta g‘alaba. Londonliklar 2004/05 va 2005/06 yilgi mavsumlarda o‘zlari o‘rnatgan natijani yaxshilashdi: o‘shanda «Chelsi» 29 bora zafar quchgandi.

Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025