Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti»ni tark etadigan yana ikki nafar futbolchi aniq bo‘ldi
Angliyaning «Manchester Siti» klubi qanot himoyachilari Gael Klishi va Bakari Sanya jamoani tark etadi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi
Klishi oldinroq, 30 iyun kuni nihoyasiga yetadigan shartnomasini uzaytirmasligini ta'kidlab o‘tgandi. Shuningdek, murabbiylar shtabi Bakari Sanya bilan ham xayrlashishni ma'qul ko‘rgani aniq bo‘ldi.
Gael Klishi joriy mavsumda «Siti» tarkibida APL doirasida 25ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lib, 1 gol muallifi bo‘lgan. Sanya hisobida esa 18 o‘yin va 1ta golli uzatma mavjud.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Manchester Siti»ning boshqa bir himoyachisi Pablo Sabaleta 9 yillik faoliyatidan so‘ng Manchesterni tark etishga qaror qilgani e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?
11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari
20:44 / 08.02.2025