Jahon | 17:55 / 23.05.2017
6321
2 daqiqa o‘qiladi

Trampga Rigada natsistlar qurboni bo‘lgan qizning albomi hadya qilindi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Ikkinchi jahon urushi davrida halok bo‘lgan 6 mln yahudiyning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Amerika yetakchisiga natsistlar tomonidan tashkil etilgan Riga qamoqxonasida hayotdan ko‘z yumgan qizning albomi nusxasi hadya etildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Amerika rahbari Isroilga tashrifining so‘nggi kunida Al Qudsdagi "Yad va-Shem" majmuasiga tashrif buyurdi. U dunyodagi Xolokost tarixini o‘rganish va uning qurbonlari yodgorligi markazidir. 

"Bizning muqaddas vazifamiz — bu qadar berahmlik bilan umridan judo qilingan har bir qurbon xotirasini yod etish va qayg‘uga tushishdir", — degan Tramp.

"Agar biz yovuzlik qarshisida sukut saqlamasak… alaloqibat, tinchlik va adolat tantana qiladi", — deb qo‘shimcha qilgan prezident. 

"Yad va-Shem" raisi Avner Shalev germaniyalik yahudiy qiz Ester Goldshteynga tegishli albomning nusxasini taqdim etdi. 

"Albomdagi ilk noma 1937 yilga tegishli bo‘lib, o‘shanda Ester 11 yoshda bo‘lgan, so‘nggisi 1942 yil 16 sentabrda qayd etilgan. Shundan so‘ng, 1 oy o‘tib ester Rigaga (Latviya) yuborilgan va o‘sha yerda o‘ldirilgan", — deya ma'lum qildi "Yad va-Shem" vakili.

Yozuvlardan birini Esterning sinfdoshi Bella qoldirgan. U 1943 yilda Osventsimda halok bo‘lgan. "Hayotni sev va o‘limdan qo‘rqma. Xudoga ishon va yaxshi kelajakdan umid qil!", — deb yozgan Bella. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid