Erdo‘g‘an Turkiya germaniyalik harbiylar bilan "xayrlashishga" tayyorligini aytdi

Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar Berlin Turkiya janubidagi Injirlik aviabazasidagi harbiylarni ortga qaytarmoqchi bo‘lsa, Turkiya Germaniya bilan "xayrlashishga" tayyor ekanligini aytdi.
Erdo‘g‘an bu haqda Bryusselga NATO sammiti va Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan uchrashuvga ketishdan oldin Anqarada aytdi.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya Berlindan nemis harbiylarining ketishi mumkinligi borasida qandaydir signal olmagan.
Avvalroq Turkiya germaniyalik bir guruh delegatlarga Injirlikdagi germaniyalik harbiylar yoniga borishni taqiqlab qo‘ygandi.
Manbalarning ma'lum qilishicha, Turkiya Germaniya hukumati 2016 yilgi davlat to‘ntaruviga urinishda ishtirok etgan bir necha turk harbiysiga siyosiy boshpana taqdim qilgandan keyin bunday choralar ko‘rishiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

13:00 / 12.05.2025
Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:11 / 12.05.2025
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak

18:41 / 11.05.2025
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi

15:17 / 10.05.2025