Sayyoraning 16 ta eng qimmat materiali
Insoniyat ko‘p asrlar davomida oltinni dunyodagi eng qimmat material, deb hisoblab keladi. Biroq bu yanglish fikr.
AdMe dunyodagi eng qimmat materiallar reytingini tuzib chiqdi. Oltin bu ro‘yxatning hattoki kuchli uchligiga ham kirmadi.
16. Za'faron – bir gramm uchun 11 dollar
Bu noyob ziravor bo‘lib, o‘ziga ta'm va foydani jamlab olgan. Uni ishlab chiqarish juda qiyin, hidi, ta'mi va foydali xususiyatlari esa boshqa ziravorlar oldida tengsizdir.
15. Oltin – bir gramm uchun 56 dollar
Eng mashhur qimmatbaho metall dunyodagi aksariyat ayollarda bor. Qadimdan u “sig‘inish” obekti bo‘lib kelgan. Dunyodagi eng go‘zal barcha narsa aynan u bilan taqqoslanadi.
14. Rodiy – bir gramm uchun 58 dollar
Oqoltin guruhidagi metall, juda noyob. Yer qatlamining 1 tonnasida atigi 0,001 g rodiy bor.
13. Oqoltin (platina) – bir gramm uchun 60 dollar
Kumush-po‘lat rangdagi noyob metall. U xuddi oltin kabi kislotalar, ishqorlar va boshqa birikmalarning ta'siriga chidamli.
12. Metamfetamin – bir gramm uchun 100 dollar
Amfetamindan ishlab chiqilgan, oq kristall bu modda qonun bilan taqiqlangan.
11. Karkidon shoxi – bir gramm uchun 110 dollar
Tibbiy sohada juda yuqori qiymatga ega, shuningdek, pichoqlar uchun sop tayyorlash maqsadida ham foydalaniladi. Karkidonlar brakonerlar tufayli yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgan.
10. Geroin – bir gramm uchun 130 dollar
Ongni o‘zgartiruvchi opiat. U bilan hech qachon yuzma-yuz kelmagan ma'qul. Filmlarga ko‘ra, uni topish murakkab, aynan shuning uchun ham u qimmat turadi.
9. Kokain – bir gramm uchun 236 dollar
Bu narkotik modda qimmat bo‘lishiga qaramay, yaxshi hech narsa olib kelmaydi. Oq kristall kukun juda jiddiy xavfga ega. Avvalgi giyohvand moddadan ancha “toza” va tabiiy, deb hisoblanadi, shuning uchun qimmatroq turadi.
8. LSD – bir gramm uchun 3000 dollar
Narkotiklar ichiga kiruvchi psixofaol modda. Uzun va qimmat o‘lim yo‘li. Bu yarim sintetik narkotikni ishlab chiqarish jarayoni ancha murakkab, shuning uchun qiymati ham yuqori.
7. Plutoniy – bir gramm uchun 4000 dollar
Kumush-oq rangdagi og‘ir mo‘rt radiofaol metall. Yadro quroli, atom reaktorlari uchun yadro yoqilg‘isi va fazoviy apparatlar uchun quvvat manbai sifatida qo‘llaniladi.
6. Painit – bir gramm uchun 9000 dollar
Bu tosh shu darajada noyob-ki, hattoki u haqda deyarli hech kim bilmaydi ham. To‘q sariq yoki qizg‘ish-jigar rangdagi mineral atigi 65 yil avval ochilgan. Bugungi kunda dunyoda faqatgina bir necha yuzta kristall bor.
5. Taaffeit – bir gramm uchun 20000/ bir qirot uchun 4000 dollar
Qimmatbaho tosh. Siren, pushti, qizil rangda va hattoki rangsiz bo‘lishi mumkin. U olmoslardan million martaga noyobroq, shu sababdan afsonaga aylanib ketgan. Ammo zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda unga talab yuqori emas.
4. Tritiy – bir gramm uchun 30000 dollar
Nur manbalarida, masalan, tritiyli nur berishda foydalaniladi. Bir kilogramm tritiyni ishlab chiqarish taxminan 30 mln. dollarga tushadi.
3. Olmos – bir gramm uchun 55000 dollar
Dunyodagi eng mashhur qimmatbaho tosh. U haqda har bir qiz bola orzu qiladi.
2. Kaliforniy – bir gramm uchun 25–27 mln. dollar
Eng qimmat element, 1950 yilda ochilganidan beri atigi bir marta yaratilgan.
1. Antimodda – bir gramm uchun 62,5 trln. dollar
Yerdagi eng qimmat substansiya (doim harakatlanib, o‘zgarib, rivojlanib turadigan materiya, butun borliqning birlamchi asosi). Milligramm pozitronlarni ishlab chiqarish taxminan 25 mln. dollarga tushgan. Kelajakda antimoddani fazoviy kemalar uchun yoqilg‘i sifatida qo‘llash mumkin. Ammo, atigi bir grammni yaratish uchun, butun dunyo butun bir yil davomida to‘xtovsiz ishlashi lozim.
Bonus: nefrit tosh – 170 million dollar
Myanmadagi konchilar mamlakat shimolida Kachin shtatidagi konda dunyodagi eng katta nefrit toshini topishdi. Balandligi 14 fut va uzunligi 19 fut keladigan tosh taxminan 200 tonna keladi. U Xitoyga yuboriladi, hamda qimmatbaho taqinchoqlar va haykaltaroshlik namunalarida ishlatiladi.
Mavzuga oid
16:58 / 11.11.2024
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda
10:50 / 21.10.2024
Stratosferaga olmos changini chiqarish global isishni kamaytirishi mumkin
20:47 / 22.08.2024
Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi
14:31 / 08.08.2024