Bolgariyaga charter reyslari – orzuingizni amalga oshiring
Bolgariya – Biz bu davlat haqida keksa avlod vakillari xotiralaridan bilamiz, biroq u baribir biz uchun ma'lum bir darajada noma'lum mamlakatdir. Aznur Travel kompaniyasi bu yil ham Bolgariyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarni tashkil qilmoqda.
Charter reysning o‘zi nima? Bu aviakompaniya ruyxatdagi odatiy yo‘nalishlardan tashqari, alohida tanlangan to‘g‘ri yo‘nalishga qo‘yilgan reysdir. Charter bilan odatda qo‘shimcha turistik to‘plam ham qo‘shimcha taklif qilinadi, ya'ni barcha klassdagi uncha qimmat bo‘lmagan mehmonxonalar, barcha ko‘ngilxushliklarning istalgan turi hamda har bir insonga ma'qul keladigan juda ajoyib taomlar mujassamlangani degani.
Reyslar 27 iyun, shuningdek, 7, 17 va 27 iyul kunlari amalga oshiriladi,
Aznur Travel kompaniyasi tomonidan o‘tgan yili tashkil etilgan Bolgariya charter turining qatnashchilaridan biri, birinchi safari haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bolgariya – ilk ko‘rishdan mehr qo‘yish
Har bir insonda orzu bo‘lib, uni alohida iliqlik bilan yodga oladi. Men uchun bunday joy - Bolgariya. Bu yerga kelishdan avval ushbu mamlakat haqida hech narsa bilmas edim.
Dengizni hayotdagi hamma narsadan ham ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman. U meni ko‘pikka aylanuvchi, qumga kelib uriluvchi baland to‘lqinlar bilan kutib oldi. Agarda tongda dengizda suzilsa, ajoyib bir nafis iforda ekanini sezish mumkin.
12 kun davomida men bo‘lgan Quyoshli sohil – Bolgariyadagi eng mashhur va yirik turistik majmuadir. U uncha katta bo‘lmagan ko‘rfaz ichida joylashgan. Plyajlar sariq qum bilan qoplangan, ba'zi joylarda juda ham go‘zal qum tepaliklarni uchratish mumkin.
Ko‘ngilxushlikning juda ham ko‘plab turlari bor: akvaparklar, velosipedlar va gidrosikllarni ijaraga olish, vindsyorfing, tennis kortlari, basketbol va voleybol maydonchalari, yaxtalarda sayr qilib, yuzlab kafelar, do‘konlar, attraksionlarga kirish mumkin.
Biroq Quyoshli sohilda uzoq o‘tirishning imkoni bo‘lmadi. Biz atrofdagi joylarni tomosha qilishga jo‘nab ketdik: Yelenite, Avliyo Vlas, Nessebr, Ravdu, Pomore, Chernomorets, Sozopol, Kavatsi, Primorsko va Kiten, Sarafovo, shuningdek, Varna va Burgasni ko‘rdik. Har bir joy o‘zining noyob atmosferasiga ega.
Eng ko‘p yodda qolgani «Gerana» etnik kompleksi bo‘ldi. U Quyoshli sohildan 15 km. uzoqlikda, Stara Planina tog‘i etagida joylashgan. Bizni qishloq urf-odatlariga ko‘ra, non va tuz bilan kutib olishdi. Bu yerda uzum uchun eski arava va 1920 yilda qurilgan suv tegirmonini ko‘rish mumkin.
Bizni ko‘ngilochar dastur ham kutib turgan ekan: kichkina eshaklarda sayr, milliy qo‘shiqlar, eng qizig‘i esa – qizib turgan ko‘mirdagi raqslar.
Bu mo‘'jizaviy davlatga mehr qo‘ymaslikning iloji yo‘q. U yerda – qudratli to‘lqinlar, iliq Qora dengiz, ajoyib kishilar, dengiz mahsulotlari va meva-sabzavotlarga boy mahalliy oshxona bor. Men unga birinchi ko‘rishdanoq mehr qo‘ydim. Yana bu davlatga boraman.
Aznur Travel kompaniyasi yana shunday imkoniyatni taqdim etadi. Birdaniga turistik to‘plam turini xarid qilish mumkin, uning ichida parvoz ham, yashash ham, taomlar ham bor – bu nafaqat qulay, balki tejamkor hamdir.
Individual yondashuv – kimdir barchasi muhayyo qilingan besh yulduzli mehmonxonani istasa, boshqa birov uch yulduzli mehmonxonani tanlaydi va kun bo‘yicha dengiz yoki ekskursiyalarda bo‘ladi. Kechalari esa - restoranlar, kafe yoki shunchaki shahar va sohilbo‘yi bo‘ylab sayr u yerda dengiz havosidan nafas olish va xayolingiz tubidagi narsalar haqida o‘ylashingiz mumkin.
Kompaniya viza olishda ham ko‘mak beradi.
Bolgariyaga Aznur Travel bilan sayohat qiling, narxlar sizni xursand qiladi.
Batafsil ma'lumot olish uchun Aznur Travel ofisiga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent, «O‘zbekiston» mehmonxonasi, 3-qavat
Telefonlar: + 998998383636, +998998443636, +998974443636, +998974403636, +998712323636
E-mail: aznur2010@mail.ru / Facebook: fb.com/aznurtravel
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
21:49 / 04.11.2024