O‘zbekiston | 11:53 / 26.05.2017
27297
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bosh vaziri Tataristonga yetib keldi

Foto: Tatariston prezidenti matbuot-xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaning Tatariston Respublikasi poytaxtiga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Tatariston hukumati sayti xabar berdi.

“Qozon” xalqaro aeroportida uni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov kutib olgan. 

Foto: Tatariston prezidenti matbuot-xizmati
Foto: Tatariston prezidenti matbuot-xizmati

Avvalroq Rossiyaning Qozon shahrida juma kuni MDH hukumatlari rahbarlari Kengashi va Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tishi, unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid