O‘zbekiston | 21:22 / 27.05.2017
5563
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekiston bojxona postlarini jihozlash uchun 18 mln dollardan ziyod grant ajratadi

2017 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona postlarini jihozlash uchun taqdim etgan grantidan samarali foydalanishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2997-sonli qarorni qabul qildi

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga katta o‘lchamli temir yo‘l yuklarini nazorat qilish bo‘yicha to‘rtta inspeksiya tizimi hamda o‘rta o‘lchamli yuklarni nazorat qilish bo‘yicha 10ta skaner tizimi majmuasi ko‘rinishida 18,3 mln. dollar hisobida grant ajratadi. 

Mazkur qarorni amalga oshirish nazorati Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AT boshqaruv raisi Ochil Ramatov hamda Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov zimmasiga yuklatildi. 


Grant ko‘rinishida taqdim etiluvchi skaner qurilmalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta'minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi mas'ul etib tayinlandi. 

Qonun hujjatlariga muvofiq, grant mablag‘lari hisobiga xorijdan keltirilayotgan skaner qurilmalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid