Samarqandda tramvay bilan katta muammo chiqdi (Video+foto)
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Samarqand shahrining Sattepo massividagi ko‘chalaridan birida ikki tramvay sodir etgan avariya tasvirlangan fotosuratlar paydo bo‘ldi.
Suratlardan ko‘rinib turibdiki, katta tezlikda ketayotgan tramvay simyog‘och simlarini uzib yuborgan. Oqibatda simyog‘och qulab, yo‘l chetida turgan avtomobillarga jiddiy shikast yetkazadi.
Ushbu postga qoldirilgan izohlar turlicha. Foydalanuvchilarning ma'lum bir qismi bunga tramvay haydovchisining beparvoligi hamda mas'uliyatsizligini sabab etib ko‘rsatishgan. Ana shunday foydalanuvchilardan biri shunday yozadi: “Tramvay haydovchilari bu sohadan umuman xabari yo‘q odamlar. Qo‘llarida telefon, istagan tezliklarida harakatlanishadi”. Guruhning ayrim foydalanuvchilari esa qurilish ishlarini sifatsiz bajargan muhandislarni o‘z ishlarini qo‘l uchida bajarishganini aytib o‘tishgan. “Qachongacha ishlarni sifatsiz bajaramiz? Qachongacha laganbardorlik qilamiz?”, deb yozadi ulardan biri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Faqat moddiy talofat yetkazilgan. Falokat aynan qay holatda va aynan nima sababdan sodir etilganiga batafsil oydinlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz: avvaliga juda ko‘p muammolarni keltirib chiqargan ushbu loyiha keyinchalik muvaffaqiyatli yakunlangan va Samarqandda tramvayning ilk harakati joriy yilning 15 aprelidan boshlangan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa aynan shu kuni tramvayga tushib, Samarqand ko‘chalarini aylangan edi.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024