Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqorichirchiqda zamonaviy sovutish tizimlari quriladi
22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maxsus qarori bilan Janubiy Koreya hukumatining O‘zbekistonda zamonaviy saqlash texnologiyalari yordamida past haroratli kameralarni o‘rnatish loyihasi tasdiqlandi. Bu haqida Kun muxbiri O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmatiga tayanib, xabar beradi.
Mukammal sovutish uskunalari Toshkentning Yuqorichirchiq tumanidagi Agroinnovatsiya korxonasi hududida quriladi. Janubiy Koreya bu loyihani amalga oshirish uchun 3,5 million dollar hisobida grant ajratdi.
Mazkur zamonaviy qurilmalarni yaratishdan maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzoq muddatli saqlashga qaratilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida dehqonlar, kichik tadbirkorlik sub'yektlari va fermer xo‘jaliklariga yangi imkoniyatlar yaratib, zamonaviy uskunalardan foydalanishda tajriba oshirishlariga yordam beradi.
Loyihaning amalga oshirilishi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda sovutish kameralaridan maqsadli foydalanishni ta'minlash ishlari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Mavzuga oid
14:42 / 18.08.2018
Bir mahallada ikki marotaba talonchilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi
18:45 / 22.03.2018
Toshkent viloyatida mudhish YTH, 3 kishi halok bo‘ldi va 7 inson jarohat oldi
18:10 / 20.03.2018
Toshkent viloyatida “Spark” salonidan pnevmatik to‘pponchani o‘marishdi
09:06 / 06.03.2018