Jamiyat | 09:06 / 06.03.2018
11287
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkordan pul olmoqchi bo‘lgan tovlamachilar ushlandi

Toshkent viloyatida tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar bermoqda. 

2018 yil 2 mart kuni soat 18:30 da Yuqorichirchiq tumanida joylashgan «Standart food sales» xususiy korxonasining rahbari, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi S.N.ga tegishli savdo do‘konida Z. Va N. ismli ayollar sun'iy ravishda janjal ko‘tarib, savdo do‘konidan harid qilingan mahsulotlar uchun xarid cheki bermaganligi hamda moddiy va ma'naviy zarar undirish maqsadida soliq idoralariga ariza yozish bilan ko‘rqitib, evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 10.000.000 so‘m miqdorida pul berishni talab qilganlar.

S.N.ning tovlamachi ayollarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab yozgan murojaati asosida tuman prokuraturasi va Toshkent viloyat IIB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Buning natijasida Parkent tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan G.R. va Toshkent shahar, Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan N.E. talab qilingan pullardan 1.500.000 so‘m miqdorida pul olishga kelishib, Yuqorichirchiq tuman davlat soliq inspeksiyasi binosi yonida ushbu pul mablag‘larini S.N.dan olishgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Hozirda G.R. va N.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov olib borilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid