Navalniy - Alisher Usmonov videojangi: muxolifatchi oligarxga qarshi dalillarni sanab chiqdi
Rossiyalik oligarx Alisher Usmonovning muxolifatdagi siyosatchi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi» yetakchisi Aleksey Navalniyga ikkinchi videomurojaati ortidan, Navalniy yana Alisher Usmonovga javob tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, A.Usmonov ikkinchi chiqishida Navalniyni birorta ham isboti yo‘qligi, barcha gaplari quruq bo‘hton ekanligida ayblab, 31 may kuni sudda javob berishini aytib o‘tgan edi.
Navalniy yangi murojaatida Usmonovning har bir ayblovlariga punktma-punkt javob berib, dalil-isbot uchun hujjatlar va havolalar keltirib, uning davlat aktivlarini noqonuniy o‘zlashtirish, soliqdan qochish va yuqori martabali davlat amaldorlariga, xususan bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan jinoiy til biriktirganlikda ayblagan.
«Bizning Usmonov bilan bunday suhbatlarimiz diqqatni bosh badkirdorlar — Medvedev va Putindan nariga olib ketmoqda, biroq baribir bu foydali dialog», — degan Navalniy.
«Xomashyo oligarxlari jonga tegishdi. Ular zararkunanda insonlar. Ulardan mutlaqo foyda yo‘q. Ular hech narsa qurmagan, ixtiro qilmagan yoki bajarmagan. Ular xomashyo sotib, korrupsiya va ishchilarga past maosh to‘lab, foyda olishadi. Bu haqda oligarxlarga qarshi manifestimda ham yozganman», — degan muxolifatchi.
«Ha, men Putinga qarshiman, uni bosh badkirdor deb bilaman. Lekin «Ha, men Usmonovga qarshiman», deb ayta olish ham muhimlikda undan qolishmaydi. Oligarxlar — ziyonkor rejimning tayanchi, u mamlakatdagi qashshoqlikning sabablaridan biri», — degan A.Navalniy.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
15:10 / 14.10.2024
Bild: Usmonov ARD jurnalisti ustidan prokuraturaga ariza berdi
21:22 / 01.10.2024