Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov internet foydalanuvchilari uchun tanlov e'lon qildi
Videobloger sifatida ilk bora imkoniyatlarini sinab ko‘rgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov o‘zining Navalniyga videomurojaatlariga yasalgan memlardan xursandligini yashirmayapti. Bir muddat avval, ko‘pchilik uchun kutilmaganda videobloger sifatida kuchini sinab ko‘rgan tadbirkor Usmonov muxolifat vakili Aleksey Navalniyga bir necha murojaatidan so‘ng, muloqotini ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan davom ettirish niyatida.
Usmonovning Navalniyni "sensirashi" va muxolifat vakili tarjimai-holi, tabiatini ifodalashda qo‘llagan so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi hamda ko‘chirma gap, memlar va parodiyalarga aylandi.
O‘zining iqror bo‘lishicha, yangi videobloger jamoatchilikning o‘z shaxsiyatiga kutilmaganda bu qadar qiziqish bildirishidan juda xursand bo‘lgan. U bundan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Bugun Usmonov "VKontakte"dagi sahifasida internet-foydalanuvchilarga murojaatini qoldirdi. Tadbirkorning tan olishicha, u "tarmoqda erkin muloqot va san'at rivojlanishidan tom ma'noda manfaatdordir".
"Men hazil va latifalarni yaxshi ko‘raman, shu boisdan ham videomurojaatim bilan stikerlar, karikaturalar, parodiyalar, videoroliklar va memlarga sabab bo‘lganimdan xursandman", - deb qayd etgan Usmonov. Uning va'da berishicha, haftada bir marta o‘z sahifasida Navalniyga videomurojaati bo‘yicha san'at asarlaridan namunalar joylashtirib boradi.
Usmonovga yoqqan videomahsulot esa taqdirlanadi: "...va haftada bir marta mening sub'yektiv qarashimga yoqqan muallifni o‘zimning ilk videomni olgan qurilma - iPhone 7Plus hamda imzom chekilgan va mem qayd etilgan futbolka bilan taqdirlayman".
Shundan so‘ng, Usmonov shu haftaning g‘olibini ma'lum qilgan.
Milliarder, shuningdek, telegram stikerlari muallifini ham e'tirof etgan. "Bu mahsulotlarni ishlab chiqqanlar sovg‘alar bilan mukofotlanishadi", - degan Usmonov.
Tanlov o‘tkazish uchun "VKontakte"da maxsus sahifa ham ochildi. Tanlov bo‘yicha barcha savollarni ushbu sahifaga shaxsiy murojaat vositasida berish mumkin.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025