Sport | 17:10 / 30.05.2017
8147
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» yozda agressiv transfer siyosati yuritadi, Gvardiolaning short-listida nomlar ko‘p

«Manchester Siti» bu yozgi transferlar vaqtida agressiv siyosat olib borishi kutilmoqda.

Klub «Monako»dan Bernardu Silvani  43 million funtga sotib olib bo‘ldi, yaqin vaqt ichida «Benfika» darvozaboni Ederson 35 million funtga xarid qilinishi kutilmoqda.

The Independent xabariga ko‘ra, «Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola transfer bozorida yanada faol bo‘ladi. Klub unga transferlar uchun 300 million funt ajratgan.

Ayni vaqtda «Manchester Siti» short-listida 4 himoyachi bor: «Tottenhem»ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker, «Monako»ning chap qanot himoyachisi Benjamen Mendi, shuningdek, ikki markaziy himoyachilar – Emerik Laport («Atletik», badal puli – 55 mln funt) va Markinos («PSJ», badal puli – 50 mln funtdan oshiq).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid