Pochta jo‘natmasidagi psixotrop moddalar fosh etildi

Poytaxtlik Yu.Venera nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, buyumlar orasida “CN-23” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 30 dona “Zolpiden Hemitartate” nomli psixotrop tabletkasi, 8 turdagi 410 dona dori vositalari borligi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, fuqaro K.Alisher nomiga xorijdan kelgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida 24 dona “Rocacet Plus” nomli tarkibida psixotrop moddasi bo‘lgan tabletkalar va 2 turdagi 88 dona dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi

09:10 / 07.05.2025