Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada armiyaga zaxiradagi zobitlar chaqirilishi mumkin
Ukrainada armiyaga zaxiradagi zobitlar chaqirilishi mumkin. Mamlakat mudofaa vaziri Stepan Poltorak bugun tegishli buyruqni imzoladi. Hujjat mamlakat adliya vazirligi yuborildi hamda u tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi. Bu haqda Life xabar berdi.
Buyruqqa ko‘ra, 2017 yildan boshlab harbiy xizmatga 43 yoshgacha bo‘lgan, harbiy tayyorgarlikning to‘la kursidan o‘tgan va harbiy kafedralarni tamomlagan zaxiradagi zobitlar chaqirilishi mumkin. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Artur Artemenko aytib o‘tgan.
Uning ta'kidlashicha, zaxiradagi zobitlardan bo‘lgan chaqiriluvchilar bakalavrdan past bo‘lmagan oliy ma'lumotga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, ularda birlamchi zobitlik unvoni ham bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Poltorak mart oyida zaxiradagi zobitlarni Ukraina qurolli kuchlariga xizmatga qaytishga chaqirgandi.
- Bizning kurash hamon davom etmoqda, mustaqillikka tahdidlar bor. Agarda sizning yoshingiz va sog‘lig‘ingiz imkon bersa, qurolli kuchlar safiga qaytishga chaqiraman: bizga sizlarning tajriba va bilimlaringiz kerak, - deya ma'lum qilgandi Ukraina mudofaa vaziri.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025