Fan-texnika | 18:14 / 31.05.2017
15531
2 daqiqa o‘qiladi

Click “Telegram” orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini joriy qildi

Click kompaniyasi Telegram ilovasida to‘lovlarni amalga oshirish imkoni joriy qilinganini xabar berdi.

Click kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun maxsus bot - @CLICKUZBOT'ni ishlab chiqarib, ishga tushirdi. Ushbu dastur Telegram ilovaning o‘zidan turib har kungi to‘lovlarni qulay ravishda amalga oshirish imkonini beradi. Buning natijasida, foydalanuvchilar Telegram ilovasidan chiqmasdan turib, hamkasblari va yaqinlari bilan bo‘layotgan muloqotdan uzilmasdan darhol kerakli to‘lovlarni amalga o‘tkazish imkonini qo‘lga kiritishdi.

Kompaniyaning yangi @CLICKUZBOT boti orqali to‘lashni boshlash uchun uni Telegram ilovasida topib, xabar yuborish kifoya. Bundan keyin bot bilan barcha muloqot qulay va tushunarli suhbat shaklida amalga oshiriladi.

Bot orqali eng ommaviy to‘lovlar joriy qilindi: mobil aloqa, internet-provayderlar, TV va telefoniya xizmatlari. Lekin ushbu xizmatlar ro‘yxati doimiy ravishda kengaytirib boriladi. Xavfsizlik masalasi ham chetlab o‘tilmadi. Bot bilan muloqot jarayonlarida karta ma'lumotlarining xavfsizlik standartlari talablari bajarib kelinmoqda.

Mavzuga oid