Bo‘ka tumanida sodir etilgan bosqinchilik fosh etildi
Toshkent viloyatida olib borilayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika ishlari bo‘yicha olib borilayotgan amaliy chora tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, Bo‘ka tumani IIB tomonidan tuman hududida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan uyushgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.
Tuman navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2017 yil 23 fevraldan 24 fevral kuniga o‘tar kechasi soat 03-00 da to‘rt nafar noma'lum shaxslar Bo‘ka tumani Dashtobod mahallasidagi uylarning biriga darvoza orqali erkin yo‘l bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyning yotoqxonasida uxlab yotgan 1992 yilda tug‘ilgan U. N.ga nisbatan hujum qilgan. Ular jabrdiydani pichoq bilan qo‘rqitib, bosh-yuz sohasiga qo‘llari bilan urib-do‘pposlab tan-jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng, qo‘l-oyoqlarini va og‘zini o‘zlari bilan olib kelgan skotch yordamida bog‘lab, uyda bo‘lgan jami 5 mln 300 ming so‘m naqd pullarini, qimmatbaho zargarlik buyumlari va bir dona bahosi 700 ming so‘mlik «Samsung Galaxy mini 3» rusumli uyali aloqa vositasini bosqinchilik yo‘li bilan egallab olib, jinoyat joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu bosqinchilik jinoyatini jabrlanuvchi U. N.ning mahalladoshi 1974 yilda tug‘ilgan U. E. uyushtirganligi aniqlandi. U o‘zining tanishlari 1980 yilda tug‘ilgan A. A., 1973 yilda tug‘ilgan A. M., 1978 yilda tug‘ilgan U. G. va 1982 yilda tug‘ilgan F. A.lar bilan bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirgan. U. E. xonadon egasining o‘ziga to‘q yashashligini, uyida 5-6 million so‘m miqdordagi pul mablag‘ini saqlashini, undan tashqari bir necha yuz ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni ham yig‘ib qo‘yganligini ma'lum qilib, sheriklarini jinoyat sodir etishga qiziqtirgan. Ularga xonadonni ko‘rsatib, xonadonga qanday kirish mumkinligi haqida aniq ma'lumotlar bergan.
Tergov-tezkor harakatlari davomida guruh a'zolaridan F. A. 2017 yilning 24 mart kunidan 25 mart kuniga o‘tar kechasi Ohangaron tumanida sodir etilgan bosqinchilik jinoyatida ham ishtirok etganligi ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024