Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazordagi xonadonlardan biridan qariyb 7 mln so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
2017 yilning 18 may kuni taxminan soat 00:05 da, noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Olmazor tumanida joylashgan Akrom Ismoilovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadoniga devor orqali, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 6.590.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan edi.
Olmazor tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat Bobirjon Olimjon o‘g‘li Bahromov tomonidan sodir etganligi aniqlanib, undan jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk daliliy ashyo sifatida olingan.
Bundan tashqari Bahromov Olmazor tumani hududida aynan shu yo‘l bilan ikki marotaba o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan. Bahromovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan kimdir jabr ko‘rgan bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
14:13 / 16.02.2025