Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShID jangarilari rejalashtirgan qator teraktlarning oldi olindi
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan mamlakat sharqidagi Nangarxor viloyatida rejalashtirilgan qator teraktlar seriyasining oldini olishdi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar bergan.
Viloyat gubernatorining xabar berishicha, jangarilar xudkush terrorchilar yordamida hukumat muassasalari, shuningdek, Jalolobod shahridagi xavfsizlik kuchlariga hujum qilishni rejalashtirgan.
Avvalroq Afg‘oniston maxsus xizmatlari Nangarxor viloyatida payshanba kuni olti nafar xudkush terrorchini qo‘lga olgani xabar qilingandi.
Kobulda esa kuchli portlash chorshanba kuni ertalab prezidentlik saroyi va xorijiy elchixonalar binolaridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda ro‘y berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi, 600 nafar inson jabrlandi. IShID terrorchilik guruhi portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025