Jahon | 22:15 / 02.06.2017
7146
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro koinot stansiyasidan ikki fazogir Yerga qaytdi

Foto: EPA

Xalqaro koinot stansiyasidan Yerga rossiyalik va yevropalik fazogirlar Oleg Novitskiy va Toma Peske qaytdilar. Ularning ikkisi "Soyuz MS-03" kemasidan evakuatsiya qilinganlar. Kema Qozog‘istonning Jyezqazg‘an shahridan 147 km uzoqlikda qo‘ngan.
 
Koinot tadqiqotlari milliy markazining Parijdagi bosh qarorgohidan rossiyalik va fransiyalik fazogirlarni Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron qutlagan. Bu yerda Makron fazogirlar kapsulasining Yerga tushirilishi ortidan kuzatgan. Makron fazogirlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan va "bu ajoyib hamkorlikdan" faxrlanishini aytgan.

Novitskiy va Peske orbitaga 2016 yil 17 noyabrda jo‘nashgandi. Ular koinotda 197 kun bo‘lishgan.

Mavzuga oid