Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» futbolchilariga YeChL g‘olibligi uchun qanchadan mukofot va'da qilingani ma'lum
3 iyun kuni Chempionlar ligasi finalida Turinning «Yuventus» jamoasiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonilsa, «Real» futbolchilarining har biri 1,5 million yevrodan mukofot puli oladi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, bu jamoa o‘tgan yilgi turnirdagi g‘alaba uchun olgan mukofot pulidan ikki barobar ko‘p - o‘tgan yilgi mukofot miqdori 700 ming yevroni tashkil qilgandi. Mukofot miqdorining o‘sishi «Real» Chempionlar ligasida qatorasiga ikki mavsum g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylanishi mumkinligi bilan bog‘liq.
Shuningdek, «Real» «Yuventus» ustidan g‘alaba uchun murabbiylar va xodimlarga ham mukofot pullari ajratgan.
Bundan oldinroq AS nashri «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli 26 futbolchining har biri uchun Chempionlar ligasidagi g‘oliblik uchun 350 ming yevrodan mukofot tayinlagani haqida xabar berilgandi.
Bu esa «Real» futbolchilari Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun «Yuventus»ga nisbatan 4 barobar ko‘p mukofot puli olishini anglatadi.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025