Jahon | 13:40 / 02.06.2017
10603
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya «tahdidlari» tufayli AQSh armiyasi byudjyetini kuchaytirish so‘raldi

Foto: VVS

AQSh armiya vaziri Robert Spir va quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Mark Milli Rossiya va Xitoy tomonidan mavjud «tahdidlari» tufayli armiyaga ajratiladigan byudjyetni oshirishni so‘rashdi.

«Rossiya ulkan harbiy qudratga ega. Bu davlat Qo‘shma shtatlarni va ittifoqchilarni qurollanish sohasida ortda qoldiradi», — degan Spir Senat qo‘mitasi yig‘ilishida.

U 2018 yilda Amerika armiyasi byudjyetini 130 mlrd dollardan 137,2 mlrd dollargacha oshirishni so‘ragan.

Uning fikr bildirishicha, amerikaliklarning qurolli kuchlari holati «Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya»dan mavjud tahdidlar qarshisida turish uchun muhim omil hisoblanadi.

Bundan tashqari, u AQShning kiber-harbiylarini kuchaytirishni taklif etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid