Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayiq golf o‘yini vaqtida maydonga yugurib chiqdi (video)
AQShning Alyaska shtatidagi Ankorij shahrida golf maydoniga o‘yin vaqtida yugurib chiqqan ayiq tasvirga olindi. Video YouTube’dagi Storiful kanalida joylashtirildi.
Videodan ko‘rinishicha, daraxtlar orasidan chiqib kelgan ayiq golf to‘pi tushiriladigan chuqurcha yonida o‘rnatilgan bayroqcha yoniga kelib, orqa panjalariga turib, bayroqni itarib, so‘ngra chetga qochgan.
So‘ngra ayiq maydondagi erkaklar uni hayqiriqlar bilan haydashga harakat qilayotgan vaqtda ulardan birining sumkasini hidlab ko‘rib, undan nimanidir tumshug‘i bilan olib, yana o‘rmonga qarab ketgan.
Mavzuga oid
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
14:34 / 16.07.2024
Jizzaxda ikki kishi ayiq hujumidan halok bo‘lgani haqidagi xabar rad etildi
09:42 / 09.07.2024