Jahon | 21:55 / 03.06.2017
6503
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida BMTga qarashli samolyot falokatga uchradi

Foto: NTV

Somali janubidagi Gedo viloyatida BMTga qarashli samolyot qo‘nish vaqtida falokatga uchradi. Bu haqda 3 iyunda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakili Amor Almagro ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

"Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining o‘rta o‘lchamdagi yuk samolyoti Somali janubidagi Garbaxari aeroportiga qo‘nish vaqtida favlokatga uchradi. Samolyot ekipajining 4 a'zosi jabr ko‘rmagan, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Biroq samolyotga jiddiy zarar yetgan", deb aytgan Almagro. 

Axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, samolyot aeroportning uchish-qo‘nish polosasi yaqinida joylashgan turar joy binosining tomiga qulagan. Baxtli tasodif bu vaqtda uyda hech kim bo‘lmagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid