Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tver viloyatida 8 kishi otib tashlandi
Rossiyaning Tver viloyatidagi posyolkada sakkiz kishi qotillik qurboni bo‘ldi. Bu haqda TASS nashri Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiysi Svetlana Petrenkoga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«Rossiya Tergov qo‘mitasining Tver viloyati bo‘yicha tergov organlari 8 kishi — ikki ayol va olti erkakning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi», — deya xabar bergan u.
Hodisa Konakovskiy tumanining Redkino posyolkasidagi marosimlardan biri vaqtida ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, maishiy janjal vaqtida ishtirokchilardan biri uydan qurol ko‘tarib chiqqan va «o‘zini xafa qilganlar»ga o‘t ochgan.
Ayni vaqtga gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Yaqin vaqtlar ichida u tergov qilinadi.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025