Jahon | 08:37 / 05.06.2017
5152
2 daqiqa o‘qiladi

The New Times jurnalining bosma versiyasi yopildi

Rossiyada chop etiluvchi The New Times jurnalining bosh muharriri Yevgeniya Albats nashrning bosma versiyasi yopilishini e'lon qildi. U tafsilotlarni keltirmadi va buning sabablari jurnalning iyundagi soni sahifalarida ma'lum qilinishini aytdi. 

Albats fesybukdagi sahifasida jurnal muqovasining suratini chop etdi. Muqovada "Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat" deb yozilgan. Albats "Otkrytaya Rossiya" jamoat tashkilotiga bergan izohda nashrda mablag‘ tugaganini aytgan.

"Exo Moskva" radiostansiyasining ma'lum qilishicha, jurnalning bosma shakli moliyalashdagi muammolar sababli yopilgan. Radiostansiyasining ta'kidlashicha, agar jurnal tahririyati mablag‘ topa olsa, jurnal yana chop etila boshlanishi mumkin.

The New Times jurnali (avvalgi "Novoye vremya") 2007 yildan chop etila boshlangan. 2016 yil dekabrda tahririyat yetarlicha mablag‘lar yo‘qligi sababli jurnalning yangi sonlarini faqat obuna bo‘yicha yetkazishga qaror qilgan. O‘shanda jurnalning bosh muharriri joriy obuna holati jurnalga bahorgacha mavjud bo‘lishga imkon berishini aytgan.  

2016 yil fevralda jurnal Roskomnadzordan Ukrainaning "O‘ng sektor" guruhi haqida u Rossiyada taqiqlanganini ko‘rsatmasdan eslatgani uchun ogohlantirish olgandi. 2017 yil may oyida jurnal Suriyaga jangarilar safida jang qilgani ketgan rossiyalik haqidagi maqola uchun yana ogohlantirish olgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid