Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan qashqadaryolik firibgarlar ushlandi
Qashqadaryolik Inomjon Yusupov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) va Bahodir Xidirov avvaldan o‘zlariga tanish bo‘lgan Alijon Zoirovning ishonchiga kirib, uning jiyanini poytaxtdagi tibbiyot kollejlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishga va'da beradi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Aldab bu fuqaroning 1700 AQSh dollarini qo‘lga kiritishadi va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradilar. Mo‘may daromaddan og‘zi “shirin” bo‘lgan bu firibgarlar pulni olgach, A.Zoirovning qo‘ng‘iroqlariga dastlab turli bahonalarni ro‘kach qilib yuradilar, keyinchalik esa umuman javob bermay, qoralarini ham ko‘rsatishmaydi. Firibgarlarga ro‘para bo‘lganligini anglagan A.Zoirov ikki kimsaning qilmishi haqida tegishli joyga ariza bilan murojaat qiladi.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, I.Yusupov va B.Xidirov o‘zlarining jirkanch “ishbilarmon”liklari qonun himoyachilari oldida bir pul ekanligini, sudning qora kursisida o‘tirganlarida anglab yetgan bo‘lsalar, ajabmas.
Sud ayblanuvchilarning jinoyatini har tomonlama ko‘rib chiqib, ularning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
14:51 / 19.06.2024