Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
Avtomobil oldi-sotdisi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2014 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbul shahrida qo‘lga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Yirik avtofiribgar Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida Istanbul shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1979 yilda tug‘ilgan Jahongir Hasanboyev qo‘lga olingan. U avtomobil oldi-sotdisi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Hasanboyev O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Jahongir Hasanboyevning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Oldinroq Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025