Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadim Abramov «Neftchi» qarorgohiga yetib keldi (foto, video)
O‘zbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Farg‘onaning «Neftchi» klubini boshqarishi haqida xabar bergandik. Bugun 5 iyun kuni Abramov Farg‘onaga yetib keldi.
«Neftchi» klubi haqida ma'lumot beruvchi telegram sahifasida yozilishicha, Vadim Abramov bugun klub qarorg‘ohi ga yetib kelgan. Taniqli mutaxassis Vadim Abramov «Neftchi» PFK qarorgohiga keldi! Murabbiyni klub rahbariyati va muxlislar birgalikda qarshi olishdi. Farg‘onalik muxlislar Vadim Karlenovichni katta xursandchilik bilan kutib oldilar. Vadim Abramov bu iliq munosabatdan mamnun ekanligini yashirmadi», - deb yozadi «Neftchi» Media» telegram kanali.


Kanalda Abramovning qarorg‘ohda muxlislar, klub vakillari bilan uchrashuvi tasviri tushirilgan suratlar va video paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida
10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
14:47 / 06.08.2023