Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti toliblarga murosa uchun so‘nggi imkon berdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Kobul jarayoni" xalqaro konferensiyasida "Tolibon" radikal harakati jangarilariga murosa uchun so‘nggi imkon berayotganini aytdi. Bu haqida AFP agentligida xabar berildi.
"Biz tinchlik imkonini taqdim etamiz, lekin bu taklif vaqt jihatidan cheklangan. Bu so‘nggi imkon, undan foydalaning yoki uning asoratlariga tayyorgarlik ko‘ravering", - dedi prezident.
O‘tgan yilning kuzida Qatarda "Tolibon" harakati va Afg‘oniston hukumati vakillarining muzokaralari o‘tkazilgan edi. Ularning asosiy mavzusi tinchlikni qaror toptirish jarayoni bo‘lgan, lekin tomonlar kun tartibining birorta punkti bo‘yicha kelisha olishmagan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025