Sport | 09:44 / 07.06.2017
5886
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Daniyani yenga olmadi, Ukraina FIFA reytingida 182-o‘rinda borayotgan termaga yutqazdi

Kecha bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

Jumladan Ukraina terma jamoasi Avstriyada kechgan uchrashuvda Malta terma jamoasi bilan kuch sinashib, kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Andrey Shevchenko shogirdlari FIFA reytingida 182-o‘rinda borayotgan jamoaga kichik hisobda yutqazdi.

Germaniya terma jamoasi esa Daniyaga qarshi uchrashuvning so‘nggi qismidagina mag‘lubiyatdan qutulib qolishni uddaladi. Shuningdek Isroil va Moldova terma jamoalari uchrashuvida ham g‘olib aniqlanmadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

Daniya – Germaniya 1:1 (1:0)
Gollar:
 Eriksen (18) – Kimmix (88).
Daniya: Rennov, Kristensen (Yorgensen, 46), Durmisi (Sorensen, 65), Larsen, Vestergor, Dileyni, Kvist (Shene, 46), Eriksen (Lerager, 65), Breytueyt, Yorgensen (Dolberg, 76), Poulsen (Vibe, 76).
Germaniya: Trapp, Ryudiger, Ginter (Yunes, 66), Xektor (Plattenxardt, 89), Zyule, Gorettska (Demirbay, 77), Kimmix, Rudi (Jan, 59), Draksler, Vagner (Brandt, 67), Shtindl.

Ukraina – Malta 0:1 (0:1)
Gol: 
Muskat (14).
Ukraina: Pyatov, Rakitskiy (Krivtsov, 46), Kucher (Ordets, 46), Matviyenko (Butko, 46), Morozyuk (Sobol, 46), Sidorchuk (Malishev, 46), Kovalenko (Shepelyov, 46), Stepanenko (Shaxov, 46), Malinovskiy (Tsigankov, 46), Yarmolenko (Konoplyanka, 46), Seleznev (Besedin, 46).
Malta: Xogg (Bonello, 46), Muskat (Birman, 90), Borg (Magri, 90), Adjius, Muskat (Kamilleri, 46), Kristensen (Kamileri, 67), Feylla (Tserafa, 57), Fenek (Betstsina, 82), Effiong (Mifsud, 70), Pizani, Shembri (Gembin, 60).
Ogohlantirishlar: Muskat (45), Kucher (45).

Isroil – Moldova 1:1 (0:0)
Gollar: 
Saar (90, penalti) – Ginsar (51).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid