Jamiyat | 18:47 / 07.06.2017
7967
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda Gubkin nomidagi RDUning Mintaqaviy tayyorlov markazi ochiladi

Foto: O‘zA

2017 yil 7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yiliga abituriyentlar qabuli mavzulariga bag‘ishlandi. 

Tadbir davomida spikerlar jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarishdi. Anjumanda ishtirok etgan mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ta'lim dargohlari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida xorijiy muassasalar bilan birgalikda “ikki diplom”  (Double Degree) integratsiyalangan magistrlik dasturlari, iqtidorli o‘qituvchilar uchun akademik harakatlar (Academic Mobility Programs) loyihalarini joriy etish, shuningdek, 1 semestr davom etuvchi talabalar almashinuvi (Student Exchange and Mobility Programs)ni yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. 

Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish dasturiga asosan Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ochiladi. Idoraning asosiy maqsadi – ta'lim va o‘quv-tarbiya jarayonlari sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatishdir. 

Shuningdek,  joriy yilda Qashqadaryo viloyatida Gubkin nomidagi Rossiya davlat universitetining Mintaqaviy tayyorlov markazi ochiladi.  Bu tayyorlov markazida talaba bo‘lish istagidagi abituriyentlar tahsil olishlari va kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.  Mazkur Mintaqaviy tayyorlov markazining ishga tushirilishi o‘quvchilarning Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali talabasi bo‘lishlari uchun yaxshi imkon yaratadi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid