Fan-texnika | 18:05 / 07.06.2017
16904
3 daqiqa o‘qiladi

LG ishlayotgan kir yuvish mashinasi yordamida yaratilgan ajoyib rolik tufayli nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

Kompaniyaning samarali marketingi va mahsulotning asosiy xususiyatlarini ijodiy tarzda yondashib namoyish etilishi alohida tahsinga sazovor bo‘ldi.

LG Electronics’ning “Kartali uycha” videosi kir yuvish mashinasi virusli video yulduziga aylanishi mumkinligini ko‘rsatdi va kompaniyaga “Reklamali film va roliklar” yo‘nalishida AME mukofotini keltirdi. Sohaning eng nufuzli mukofotlaridan biri - AME Awards (Samarali reklama va marketing) marketing kompaniyalari strategiyasi, kreativ konsepsiyalar, ahamiyat hamda eng asosiysi, jahon bozorida reklama va marketing mahsulotining samarasini qayd etadi.

Video o‘tgan bahorda YouTube’da taqdim etilganidan so‘ng turli saytlarda 100 million marotabadan ortiq ko‘rildi. Rolikda qartali uylarchaning professional quruvchisi Brayan Berg daqiqasiga 1 000 aylanish tezligi bilan ishlovchi LG Centum System (SM) kir yuvish mashinasida yangi kartali uychani yaratadi. Natijada kartalardan tayyorlangan eng baland konstruksiyaning 12 soat davomida qurilishi bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi. Rolik LG’ning yangi kir yuvish mashinasi Centum System imkoniyatlarini kreativ tarzda namoyish etish maqsadida yaratildi, u o‘ziga maksimum ishonchlilik va energosamaradorlikni minimum tebranish va shovqin bilan birgalikda qamrab olgan.

“Kreativlik bizning axborot shovqini uzra yorib o‘tishimiz va o‘z maishiy texnikamizni iste'molchilarga taqdim etishimizda eng samarali vosita sanaladi”, - dedi LG Home Appliance & Air Solution kompaniyasining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Xan Chan-xi. “Biz uchun soha yetakchilari yaxshi darajada qilgan ishimizni yuqori baholashi katta ahamiyatga ega. AME Awards hakamlariga bunday sharaf uchun minnatdorlik bildiramiz”.

LG “Kartali uycha” kampaniyasidagi muvaffaqiyatdan so‘ng o‘zining eng yangi maishiy uskunalari haqida hikoya qiluvchi ommabop videolar seriyasini yaratdi, ular orasida 18 mingta elektr lampochkadan foydalanilgan holda ulkan kompozitsiyaning “yaratilishi” yoki professional qoyalarga chiquvchi qizni 33 qavatli binoga ikkita simsiz changyutkichning kuchli o‘ziga tortib olishi orqali ko‘tarish bor.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid