Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu: Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarini kuchaytiradi
Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarini yangi qurol-aslahalar bilan kuchaytiradi. Shu bilan Afg‘onistondagi terrorchilik faolligining Markaziy Osiyo mintaqasiga ko‘chishiga to‘sqinlik qilish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Rossiya mudofaa vazirligi terrorchilik faolligini Afg‘onistondan Markaziy Osiyo mintaqasiga ko‘chishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi. Shu maqsadda, Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarimiz jangovar tayyorligini kuchaytiramiz. Ularni zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan ta'minlaymiz», — degan Shoygu ShHT mamlakatlari mudofaa vazirlarining Ostonada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining qurolli kuchlariga yordam beradi.
Avvalroq, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini «Uragan» raketa tizimlari bilan jihozlagani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025