Jamiyat | 14:15 / 08.06.2017
13485
2 daqiqa o‘qiladi

8 iyun Toshkent shahridagi qator masjidlarda Qur'oni karim xatmonalari yakuniga yetkaziladi

Ramazon kechalarida O‘zbekiston masjidlarida o‘tkazilayotgan xatmi Qur'on tarovehlarida odamlar Alloh taoloning buyuk Kalomiga muhabbat ila some bo‘lib bormoqdalar. 8 iyun sanasida Toshkent shahridagi qator masjidlarda Qur'oni Karim xatmonasi ya'ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi. Bu haqda O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

1. “Hazrati imom” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 49-uy.)
Masjid imom-xatibi – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari.
Qorilar: Qurbonov Ismoiljon, Alimov Ahmadxon, Kamolov Abdulbasir

2. “Maxkam ota” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Bayroq-Durbek ko‘chasi, 14a-uy.)
Masjid imom-xatibi – Yo‘ldoshev Muhammadbobur.
Qorilar: Abduraxmonov Abdukodir,  G‘oziyev Dilshod

3. “Ko‘kcha Oqtepa” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Shula ko‘chasi,12-uy.) 
Masjid imom-xatibi – Sunnatov Muhammadsharif.
Qorilar: Valiyev Abubakr,  Xasanov Fayzulloh

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid