Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID sakkiz mamlakatga yangi teraktlar bilan tahdid qildi
IShID terrorchi tashkiloti qator mamlakatlarga yangi teraktlar bilan tahdid qildi. Bu haqida 8 iyun kuni Belgiyaning DH.be nashri xabar berdi.
Ingliz tilida yozilgan maktubda islom diniga e'tiqod qiluvchilar gavjum joylar: bozorlar, sershovqin ko‘chalar va maydonlardan uzoqroq yurishi tavsiya qilinadi, chunki "xalifat askarlari dushmanlarni portlatish, odamlar ustiga bostirish va pichoqlashda davom etadi". Tahdidli maktub sakkiz mamlakatda yashovchi musulmonlarga qaratilgan: Belgiya, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Italiya.
Belgiyalik xalqaro terrorizm eksperti Piter van Ostayyenning so‘zlariga ko‘ra, radikallarning bayonoti jiddiy asosga ega bo‘lishi mumkin. Hozirda Belgiyaning tahdidlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi ekspertlari uni o‘rganishmoqda.
6 iyun kuni Parijdagi Notre Dame ibodatxonasi oldidagi maydonda 40 yoshli Jazoir fuqarosi "Bu senlarga Suriya uchun!" degancha qo‘lida bolg‘a bilan politsiya xodimiga hujum qilgan. Politsiyachining hamkasblari jazoirlikni oyog‘idan yaralashgan. Shifoxonada gumondor "xalifat jangarisi" ekani va IShID tomonda kurashishini aytgan. Fransiya prokuraturasi uning xatti-harakatlarini terakt sifatida rasmiylashtirdi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025