Sport | 11:24 / 08.06.2017
13567
2 daqiqa o‘qiladi

Konte Diyego Kostaning javobini berdi

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa hujumchisi Diyego Kostaga u keyingi mavsum uchun rejalariga kirmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda 28 yoshli hujumchining o‘zi Ispaniya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin jurnalistlarga ma'lum qilgan.

«Mavsum davomida murabbiy bilan munosabatlarim yomonlashdi. Balki, men yaxshi o‘ynay olmagandirman.

Konte menga sms yozdi. U meni keyingi mavsum uchun rejalariga kiritmagan. Shunday ekan, men yangi klub izlashimga to‘g‘ri keladi.

«Atletiko»ga qaytamanmi? Yomon bo‘lmasdi, lekin yaxshilab o‘ylab olish kerak. Keyingi mavsumda jahon chempionati bo‘ladi, men esa bu jamoaga o‘tsam, 3-4 oy o‘ynamasligim kerak», — deya Kostaning so‘zlarini keltirgan Daily Mail.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko»ga 2018 yilning yanvariga qadar yangi futbolchilarni tarkibga jalb etish taqiqlangan.

Bundan oldinroq Diyego Kostaning xizmatlariga «Milan»dan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yakunlangan mavsumda ispaniyalik ushbu hujumchi Angliya chempionatining 35 uchrashuvida maydonga tushdi va 20 gol urib, 10 golga assistentlik qilgandi.

Mavzuga oid