Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning NATOga kirishi Yevropada tinchlik uchun geosiyosiy zarurat ekani aytildi
Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk mamlakat Oliy radasi tomonidan qabul qilingan va Ukrainaning NATOdagi a'zoligini tashqi siyosatning ustuvor vazifasi sifatida belgilagan qonunga izoh berdi.
«Biz NATOdagi a'zolikka yana bir katta qadam qo‘ydik. Endilikda, qonunchilik asosida bizning strategik maqsadimiz belgilandi – Shimoliy Atlantika alyansiga kirish. Bu butun dunyoga aniq signal», - deya yozdi Yatsenyuk Facebook’dagi sahifasida.
Uning ta'kidlashicha, Ukraina ayni damda «milliy xavfsizlikka NATO standartlarida nazarda tutilganidan ko‘proq sarflamoqda».
«Hozirning o‘zida Ukraina qo‘shinlari har kuni YeI va NATO chegaralarini himoya qilmoqda. Hozirdayoq biz nafaqat ozodlik, balki qit'adagi tinchlik uchun katta narx to‘lamoqdamiz. Ukrainaning Alyansga kirishi – bu bizning injiqligimiz emas, Yevropada tinchlik va barqarorlik uchun real geosiyosiy zaruratdir», - deya xulosa qilgan sobiq bosh vazir.
Avvalroq, Ukraina Oliy radasi NATOga a'zolikni tashqi siyosatdagi ustuvor vazifa sifatida belgilagan qonunni qabul qilgani ma'lum bo‘ldi.
7 iyun kuni esa Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin mamlakat NATOga xuddi Chernogoriya kabi kirishi mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Chernogoriya 5 iyun kuni NATOning 29-a'zosiga aylandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025